Huawei 1
Mask va Ramasvami AQSh hukumati samaradorlik departamentini boshqaradi

Milliarder Ilon Mask va prezidentlikka sobiq nomzod va tadbirkor Vivek Ramasvami yangi hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) rahbarlik qiladi, deya ma’lum qildi AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp.

"Bu ikki buyuk amerikalik birgalikda mening ma'muriyatimga hukumat byurokratiyasini yo'q qilish, ortiqcha qoidalarni qisqartirish, behuda sarf-xarajatlarni qisqartirish va federal agentliklarni qayta qurish uchun yo'l ochadi", dedi Tramp bayonotida.

"Bu tizim va davlat mablag'larini isrof qilish bilan shug'ullanadigan har bir kishi uchun zarba bo'ladi", - degan Trampning bayonotida.

Shu bilan birga, AQShning saylangan prezidenti yangi departament tashkil etilishini e’lon qilgach, Mask shaffoflikni ta’minlash maqsadida departamentning barcha harakatlari haqidagi hisobotni internetda chop etishga va’da berdi.

U, shuningdek, "soliq dollarlarini aql bovar qilmaydigan darajada ahmoqona sarflash bo'yicha yetakchilar kengashi"ni tuzishga va'da berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты