Sog‘liqni saqlash vazirligi va "Jizzakh Auto" o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, “103” xizmatiga navbatdagi 70 dona A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.
Tibbiyot tizimidagi islohotlar natijasini odamlar qachon his qiladi? Eng avvalo, tez tibbiy va shoshilinch yordam sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rganda, albatta.
Shu maʼnoda bugun yurtimizda mazkur hayotiy muhim sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda “103” xizmatini barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtotransport vositalari bilan taʼminlash borasidagi keng qamrovli chora-tadbirlar ushbu tizimda bemorlarga "oltin soat" oralig‘ida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini berayotir.
Raqamlarni tahlil qilsak, birgina o‘tgan 2023-yil Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki yurtimizda ishlab chiqarilgan 685 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi.
Shuningdek, joriy yil fevral oyida “103” xizmatining hududiy filiallariga yana 30 dona ana shunday zamonaviy avtoulovlar taqdim etildi.
Aytish lozimki, "Jizzakh Auto" tomonidan ishlab chiqarilgan bu galgi 70 ta avtotransport vositalari Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122521 | Инструменты