Huawei 1
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar uchun nechta imtiyozli kvota ajratilgan?

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni davom etmoqda. Bu yildan boshlab qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun qator yengillik va imtiyozlar belgilangan.

Ta’kidlash joizki, 2022-2023-o‘quv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari qabul kvotalarining 3 034 tasi davlat granti asosida ajratilgan bo‘lsa, shundan 1 392 tasi  sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul o'rinlaridir.

Bundan tashqari, kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-kizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘yicha jami barcha OTMlar uchun 500 ta kvota ajratilgan bo‘lib, ular orasida 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi ham bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты