Huawei 2
“Tishlangan olma” foydalanuvchilari diqqatiga: Apple yangi operatsion tizimni taqdim qildi

Amerikaning eng katta kompaniyalaridan biri – Apple o'z iPhone’lari uchun yangi operatsion tizim iOS 14ni taqdim qildi. Xabarda aytilishicha, endi smartfon ekranida o'lchami va holatini o'zgartirish, nazorat qilish mumkin bo'lgan vidjetlar paydo bo'ladi.

Videoni tomosha qilish endi qulaylashadi

Foydalanuvchilar ilovalarni kategoriyalar bo'yicha guruhlarga ajratishlari mumkin. Bundan tashqari, yangi  iOSda videoni fon rejimida tomosha qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Ya'ni, rolik ekranning bir qismida namoyish qilinishi mumkin. Ekranning ikkinchi qismida esa foydalanuvchi telefondan o'z istagiga ko'ra boshqa vazifalarni bajarish uchun bemalol foydalanishi mumkin.

Mashina qulfini telefon orqali ochishga nima deysiz?

Tinib-tinchimagan Apple mashina qulfini ochish uchun ilova — CarKey’ni ham taqdim qildi. Ma'lum qilinishicha, BMW 5 bunday yangicha funksiyani quvvatlay oluvchi ilk mashina bo'ladi.  

Yangi dasturiy ta'minotda bir necha xorijiy tillar qatorida rus tilini ham quvvatlovchi ovozli tarjimon ham ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga