Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali va bosh binosi oralig‘ida joylashgan yashil maydonda mushuklar uchun uychalar paydo bo‘ldi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari tomonidan loyihalashtirilgan mushuk uylari binoning tashqi ko‘rinishi va yashil hudid manzarasiga juda mos tushadi.
"Mushuklar shahar muhitining tabiiy aholisi bo'lib, o'zlarining ekologik o’rniga egadirlar. Poytaxt aeroportida doimo mushuklar bo‘lgan. Bu jonzotlarning odamlarga foydasi oydin, yoqimli estetikadan tashqari, ular uy sichqonlarini va hatto kalamushlarni yo'q qiladigan haqiqiy ovchilardir. Bizda ular uchun uylar o‘rnatish g‘oyasi anchadan beri bor edi, biroq aeroportda bir necha yillardan buyon olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli bunday imkoniyat endigina paydo bo‘ldi. “Mushukkent” loyihasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari bilan birgalikda uylar uchun uychalar loyihasini ishlab chiqdik va ularni aeroport faoliyati uchun ham, hayvonlarning o‘zlari uchun ham xavfsiz bo’lgan joylarga o‘rnatdik”,
— deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Tashqi ko'rinishga qo'shimcha ravishda, dizayn jarayonida uylar yig'ilgan materiallarga katta e'tibor berildi - yemirilishga chidamli, yonmaydigan va ayni paytda ekologik toza. Sovuq mavsumda isitish va issiqda shamollatish tizimlari ham o'ylangan.
“Uzbekistan Airports uchun, birinchi navbatda, bu kompaniya va uning xodimlarining hayvonlarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadigan ijtimoiy loyihadir. Mamlakat hawidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va mushuklar uchun uychalar nafaqat bir kompaniya miqyosida, balki butun shahar va mamlakatning munosabati ko'rsatkichidir. Biz ushbu ajoyib tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganimizdan va mamlakatdagi hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan juda mamnunmiz”, — deya qo‘shimcha qildi kompaniya matbuot xizmati.
“Mushukkent” loyihasi 2019-yilda boshlangan bo‘lib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hamda boshqa davlat idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Loyihaning asosiy maqsadlari jamiyatda hayvonlarga nisbatan insonparvar munosabatni targ‘ib qilish, shaharda mushuklar uchun uylar o‘rnatish, ko‘cha mushuklari sonini nazorat qilish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazoni kuchaytirishdan iborat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11503 | Инструменты