Huawei 1
Toshkent Islom institutiga ilk bor magistraturaga qabul eʼlon qilinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy tadqiqot bo‘limi 2024-2025 o‘quv yilidan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining magistratura yo‘nalishiga qabul jarayoni boshlanishini maʼlum qildi. Unga ko‘ra mazkur yo‘nalishga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi fanlar bo‘yicha imtihon topshiradi:

Teologiya (Islom ilohiyoti, falsafasi va Moturidiylik taʼlimoti):

Aqoid, Islom falsafasi (ijodiy imtihon) – 100 ball;

Chet tili (arab yoki ingliz tilidan test sinovi) – 25 x 2 – 50 ball.

Teologiya (Hadis ilmlari):

Hadis, Mustalahul-hadis (ijodiy imtihon) – 100 ball

Chet tili (arab yoki ingliz tilidan test sinovi) – 25 x 2 – 50 ball

Toshkent islom instituti magistratura mutaxassisligiga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 14 avgustdan 20 avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Magistraturaga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar Qabul hayʼatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;

pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

oliy diniy taʼlim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;

3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi).

Arab tili yoki ingliz tili bo‘yicha xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3) yoki C1 darajasidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Maʼlumot o‘rnida, taʼlim muassasasiga hujjat topshirish uchun  abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты