Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 3-o‘ringa chiqdi

IQAir veb-saytida 13 fevral kuni soat 14:10da Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egalladi.

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 162 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 32,4 marta ko‘proq.

Ro‘yxatda Pokistonning Loxor viloyati birinchi, Hindistonning Dehli shahri ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

"O‘zgidromet"ga ko‘ra, 13 fevral soat 9:00-10:00da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida 56 mkg/m3ni, Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida 56 mkg/m3ni tashkil etgan. Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “nosog‘lom”darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.11-fevral soat 22:00 holatida Toshkent havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты