Toshkent ko‘chalarida go‘yoki "Obodonlashtirish xodimlari" qiyofasida, avtoulov egalaridan pul so‘rab tilanchilik qilayotgan ayrim ayollar aniqlandi, deya xabar bermoqda Chilonzor tumani hokimligi.
Hokimlik eʼlon qilgan videoreportajda obodonlashtirish xodimlari murojaat bilan chiqib, chorrahalarda ayrim ayollar o‘zlarini obodonlashtirish xodimi sifatida tanishtirib, chorrahalarda avtomobil egalaridan pul so‘rayotgan ayollardan bu ishidan qaytishini so‘rashdi.
Hokimlik masʼul xodimlaridan biri ko‘chada obodonlashtirish xodimlarining kiyimlarini kiyib yurgan soxta xodimlarning oldiga borib, ularni so‘roqqa tutganida, ular Olmazor tumani hokimligi Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari ekanini aytishdi. Shu vaqtda Obodonlashtirish bo‘limi rahbariga qo‘ng‘iroq qilinib, haqiqatda shunday xodimlar borligini so‘ralganida, tizimda bunday xodimlar yo‘qligi aniqlandi.
Soxta obodonlashtirish xodimlari ular haqiqatda xodim emasligini tan olib, pul topishga imkoni yo‘qligi, shu sabab shunday yo‘l orqali pul topishga majbur bo‘lganini aytishdi.
Shundan so‘ng, Obodonlashtirishning haqiqiy ayol xodimalari ularga murojaat qilib, bu yo‘ldan qaytishini iltimos qilishdi.
"Ular (obodonlashtirish xodimlarining kiyimlarini kiyib yurgan soxta xodimlar — tahrir) biz bilan birga ishlamaydi. Jon opa-singillarim halol mehnat qilaylik. Chorrahada 4-5 nafar ayollar obodonlashtirish xodimlarining liboslarini kiyib olib, tilanchilik qilyapti. Biz unday inson emasmiz, bizni unday inson deb o‘ylamanglar. Biz halol mehnat qilamiz. Bizning xalatlarimizni kiyib, bunday isnodlar keltirmanglar", - deydi obodonlashtirish xodimasi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты