Huawei 1
Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida metall detektorlar o‘rnatiladi

Toshkent metropoliteni barcha bekatlarda “maxsus metall detektor qurilmalari"ni o‘rnatish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Metro bekati matbuot xizmatining “Gazeta.uz"ga aniqlik kiritishicha, gap arkali metall detektorlar (ramkalar) haqida ketmoqda. Ish Chilonzor liniyasining Sergeli tarmog‘i “Chinor” bekatidan boshlandi.

Xabarda aytilishicha, yo‘lovchilar oqimining doimiy o‘sishi metropoliten xodimlaridan “qo‘shimcha mas’uliyat"ni talab qiladi. Metall detektorlarning o‘rnatilishi “bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish"ga qaratilgan.

Ishni yaunlash bo‘yicha aniq sana hozircha noma’lum. Yo‘lovchilar o‘zi va o‘zgalar xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirildi.

Hozirda metropolitenda qo‘l metall detektorlari qo‘llanadi, huquq-tartibot idoralari xodimlari undan sumka va ryukzaklarni tekshirishda foydalanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты