Huawei 1
Toshkent metrosining yerosti bekatlaridagi yopiq vestibyullar ochiladi

Toshkent metropolitening “Milliy bog‘”, “Gʻafur Gʻulom”, “O‘zbekiston”, “Yunus Rajabiy” va “Mashinasozlar” metro bekatlari qurib foydalanishga topshirilganidan buyon, yo‘lovchilar oqimi juda kam bo‘lganligi sababli 2-vestibyuli ochilmagan. 

Hozirgi kunda Toshkent metropoliteni qoshida ochilgan “Toshmetrotrans” MCHJ loyiha instituti tomonidan 5 ta bekat uchun loyihalar ishlab chiqilib Davlat ekspertizasiga topshirilgan. 

Ekspertiza xulosasi olinganidan so‘ng, bosqichma-bosqich ta’mirlanib, 2024-yilning may oyigacha ishga tushirish rejalangan. Bu haqda "Uzreport.news" manbasiga "Toshkent metropoliteni" matbuot kotibi To‘ychi Mirzayev xabar berdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70609 | Инструменты