Huawei 1
Toshkent milliy ta’lim universitetiga litsenziya berilmagan — Oliy ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Oliy ta'lim vazirligi vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. 

Ma'lum qilinishicha, vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday litsenziya bermagan va uning faoliyati noqonuniy.

"Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari so’raladi",-deyiladi vazirlik axborotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60421 | Инструменты