Huawei 1
Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida chiqindilarni musiqa sadolari ostida olib ketish yo‘lga qo‘yilmoqda

Chiqindi tashuvchi mashinalarning har ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining e'tirozlariga sabab bo'layotgan edi. 

Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o'tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda. 

Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa, keyinchalik butun respublika bo'yicha joriy qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51103 | Инструменты