Huawei 1
Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘lining TIAni ishlab chiqish boshlandi

Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘l magistralining texnik-iqtisodiy asoslashini (TIA) ishlab chiqishga start berildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

24-dekabr kuni kompaniya rahbariyati Janubiy Koreyaning “Saman Corporation” kompaniyasi loyiha menejeri Jin Kanga bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi yangi yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temir yo‘li qurilishining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi bo‘yicha ishlarning boshlanishini muhokama qildi.

Yangi magistral ikki yirik shahar o‘rtasidagi qatnov vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi, yo‘lovchilarga qulaylik darajasini hamda transport xizmatlari sifatini oshirishi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, loyiha mintaqalararo aloqalarni yaxshilash, yo‘lovchilar oqimini va tezyurar poyezdlar qatnovini ko‘paytirishda muhimligini ta’kidladilar.

“Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini mustahkamlashga yordam beradi va mamlakat transport sanoatini yangi bosqichga olib chiqadi”, deyiladi xabarda.

Muzokaralar natijasida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash jarayonini tezlashtiradigan ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122705 | Инструменты