“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Prezidentning 2023-yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o'tkazilgan taqdimotlar va muloqotlar jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 82/81-sonli “Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishida alohida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Poyezd 2023-yilning 10-dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi.

Hozirgi kunda "Toshkent — Termiz — Sariosiyo" yo'nalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yo'lovchi poyezd harakati mavjud bo'lib, ushbu poyezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi. Shu sababdan ushbu poyezdni ikkita yo'nalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yo'lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi. Yo‘nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

82-sonli “Toshkent — Sariosiyo” yo‘nalishi:

Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08

81-sonli “Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishi:

Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47

80-sonli “Toshkent — Termiz” yo‘nalishi:

Toshkent 19:50 — Termiz 9:40

79-sonli “Termiz — Toshkent” yo‘nalishi

Termiz 17:43 — Toshkent 8:53. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты