Huawei 1
Toshkent shahrida advokat va yurist pora bilan ushlandi

Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravishda 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999-yilda tug'ilgan shaxsga nisbatan 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Xususan u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSh dollaridan, jami 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga doir

Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi 2400 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Namanganda FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Sirdaryoda FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32607 | Инструменты