Huawei 1
Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi 2400 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 2400 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11113 | Инструменты