Toshkent shahrida “HETING OIL” MChJga qarashli hududda qariyb 28 ming litr neft mahsulotidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari bilan 16-dekabr kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida neft mahsulotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan:
- Toshkent shahar Bektemir tumani Chirchiq bo‘yi ko‘chasida joylashgan “HETING OIL” MChJga qarashli hududda nostandart metall sig‘imlar va yelim idishlar hamda sintetik qoplarda saqlanayotgan jami 27 980 litr;
- Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Qoplonbek” chegara posti yaqinida joylashgan, avtoturargoh ichida bo’lgan 86 dona 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 860 litr neft mahsulotlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda, fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan holda saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Navoiyda gaz "zapravka" elektron hisoblagichni o'zgartirib qo'yish orqali 1,5 mlrd so'mlik zarar yetkazgani aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111611 | Инструменты