Huawei 1
Navoiyda gaz "zapravka" elektron hisoblagichni o'zgartirib qo'yish orqali 1,5 mlrd so'mlik zarar yetkazgani aniqlandi

Joriy yil dekabr oyining o‘tgan davrida iste’molchilarning neft mahsulotlari va siqilgan gazga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha joylarda “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh ahzolari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida ayrim tadbirkor va fuqarolar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlanmoqda. Jumladan,

Navoiy shahridagi “Navoiy Bog‘i Eram” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasidagi elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganlik holati yuzasidan huquqni muhofaza qilish organi tomonidan jinoiy ish ochildi. Noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi 1,548 ming kub metrni (1,548 mlrd so‘m) tashkil etgan.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Oydin ko‘chasi, 34-uyda yashovchi fuqaro A.S. tomonidan 300 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda 2 995 litr dizel yonilg‘isi hamda shu ko‘chaning 26-uyida yashovchi fuqaro U.R. tomonidan 101 dona 10 litr hajmdagi plastik idishlarda  (80 donasi solyarka, 21 donasi avtobenzin) 800 litr dizel yonilg‘isi va 200 litr avtobenzin saqlagan va ularni noqonuniy ravishda sotib kelayotganliklari aniqlangan.

Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi “Universal Bank” binosi oldida fuqarolar Sh.I va M.R.lar davlat raqami 10 S 415 YA bo‘lgan kichik yuk avtomashinasida 1 000 litr dizel yoqilg‘isini qonunga hilof ravishda sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin aholini 1 oyga yetadigan tabiiy gazini 12 kunda noqonuniy ishlatib yuborganlar aniqlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты