2023-yilning 12-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumani "TXАY-Yangi Yunusobod" ko'chalari chorrahasida soat 18:00larda, haydovchi 1969-yilda tugʼilgan I.B. boshqaruvidagi MATIZ rusumli transport vositasida qisqa tutashuv sodir boʼlganligi oqibatida, yong'in kelib chiqqan.
Yong'in oʼt o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʼin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62812 | Инструменты