Xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XIX milliy mukofoti g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Bu galgi tanlovda ham 12 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlandi. Bu haqda UzReport TV muxbiri xabar berdi.
Tadbir avvalida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining soha xodimlariga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi.
Shundan so’ng Prezident farmoni bilan qator davlat mukofotlariga sazovor bo’lgan OAV xodimlari taqdirlandilar.
Tadbirning bosma matbuot yo’nalishida bo’yicha Buxoro yoshlari” gazetasi bosh muharriri Lola Hayitova, Internet nashrlari ichida DunyoAA bosh mutaxassisi Farida Islomova, radio yo’nalishida O’zbekiston radiokanali katta muharriri Halima Mahammadsaidova, Televideniye yo’nalishida esa MY5 telekanlai jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Ularga 68 mln so’mdan pul mukofotlari topshirildi.
Bundan tashqari marosimda O’zbekistonda ro’y berayotgan voqea vahodisalarni chet el OAVda muntazam yoritib kelayotgan jurnalistlar ham taqdirlandilar.
Marosim so’ngida eng kutilgan sovrin – “Oltin qalam” XIX milliy mukofoti gran-prisi “Gulxan jurnaliga topshirildi. Jurnal muharririyatiga bosh sovrin Chevrolet Onix avtomobilining kaliti ham taqdim etildi.
Biz mukofot egasiga aylangan barcha hamkasblarimizni UzReport TV ijodiy jamoasi nomidan tabriklaymiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты