Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor metro bekatiga yosh bolani itarvorishibdi” nomi ostida xabar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUKrasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning Paxtakor bekatida harakat tarkibidan tushish chog‘ida yo‘lovchilardan biri (3 yoshli qizaloq) hamrohining e'tiborsizligi natijasida vagon eshigiga oyog‘ini qisib olgan.
Shundan so‘ng, zudlik bilan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan.
"Tarmoqda tarqalayotgan “Yosh bolani itarvorishdi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va bu xabarlar yolg‘on ma’lumotdir", deyiladi metropoliten xabarida.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent yerusti metrosida rejali profilaktik ishlar jarayonida qator kamchilik va xato holatlar aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62816 | Инструменты