Huawei 1
Toshkent shahrida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Ichki turizm yarmarkasi oʻtkazildi

29-mart kuni Toshkent shahridagi Taras Shevchenko Gastro-turistik ko‘chasida ichki turizm yoʻnalishidagi turoperatorlar mahsulotlarini sayyohlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ziyorat va tibbiy turizmini rivojlantirish maqsadida keng qamrovli yarmarka bo‘lib o‘tdi.

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan yarmarkada yurtimizda faoliyat olib borayotgan 100 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, kasaba uyushmalar, turizm sohasidagi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari, tijorat bank va sugʻurta kompaniyalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, oʻz mahsulotlari taqdimotlarini oʻtkazdilar.

Tadbirda milliy hunarmandchilik va millatlararo madaniyat markazlari ko‘rgazmalari, master klass uchrashuvilar, “Sharq bozori” bozori savdo yarmarkalari, “O‘zbek milliy taomlari” taqdimoti hamda folklor jamoalar chiqishlari tashkil etildi.

Yarmarka doirasida do‘stona ruhda tashkil etilgan B2B va B2C uchrashuvlarida sayyohlik sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va erishilgan kelishuvlari yangi turistik marshrutlarni yaratish, sayohatlarda innovatsion loyihalarni joriy etish kabi takliflarga to‘la bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40220 | Инструменты