2025-yilning 13-mart kuni Telegram ijtimoiy tarmog’ida “Toshshahartransxizmat” AJning “2-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, “Yutong” rusumli, davlat raqami 01|472 ALA, saroy raqami 766-bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi hamda sohaga begona bo‘lgan fuqaro tomonidan, shu kuni kech soat 19:50larda yo‘nalishda harakatlanish davomida avtobus salonining chiroqlarini o‘chirgan holda yo’lovchilardan yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilganligi holati haqida post joylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Postda keltirilgan holat 2025-yilning 14-mart kuni, “Toshshahartransxizmat” AJning “2-Avtobus saroyi” filiali masʼul xodimlari tomonidan avtobus saloniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari tekshirilganda yuqorida keltirilgan holat haqiqatda sodir bo‘lganligi maʼlum bo‘ldi.
Shu kuni holat yuzasidan “2-Avtobus saroyi” filiali direktori J. L. Mannopov, filial masʼul xodimlari, filial tasarrufidagi yo‘nalish haydovchilari hamda 72-sonli yo‘nalish haydovchisi J. X bilan birgalikda tezkor tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda haydovchi J. X. ning sodir etgan qoidabuzarligi muhokama qilinib, korxona ichki tartib intizomini o’ta qo‘pol ravishda buzganligi uchun haydovchi J.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31719 | Инструменты