10-noyabr kuni soat 8:00 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi Ashxabod bog'i chorrahasida "5-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, "MAN" 21-sonli "Qorasuv1-mavzesi - Toshkent MUM" yo'nalishidagi avtobus va “Nexia-1” rusumli yengil avtomobil ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, harakat vaqtida avtobus yo'l qatnov qismining chap bo‘lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo'ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to'xtab turgan yengil avtomobilning orqa qismiga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
Sodir etilgan ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida "Nexia-1" rusumli avtomobil haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60909 | Инструменты