Huawei 1
Isroil Livanning janubida uchuvchisiz havo hujumi uyushtirdi

Isroil armiyasi Livan janubida, Nabatiya provinsiyasining Bint-Jbeil tumanida joylashgan Ayta ash-Shab qishlog‘i yaqinida drondan zarba berdi. Bu haqda Livan milliy agentligi NNA xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, dron hujumi tamaki ekiladigan maydonlar yaqinida boʻlgan. Hujum natijasida hech kim jabrlanmagan.

Bir kun avval, 24-iyun kuni xuddi shu provinsiyadagi Keferdejaal qishlog‘iga Isroil uchuvchisiz samolyotining xuddi shunday hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.

Isroil va Livan oʻrtasida 2024-yil 27-noyabrda kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, Isroil armiyasi mamlakat janubida deyarli har kuni havo va quruqlik amaliyotlarini davom ettirmoqda.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi boshlanganidan beri, Livan tomoniga ko‘ra, Isroil 3000 ga yaqin qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Bu davrda kamida 213 kishi halok bo‘ldi, yana 508 kishi jarohat oldi.

Isroil armiyasi o‘z qo‘shinlarini Livan janubidan qisman olib chiqqan bo‘lsa-da, so‘nggi janglarda qo‘lga kiritilgan beshta strategik balandlikni ushlab turishda davom etmoqda.

Isroilning 2023-yil 8-oktabrda Livanga hujumlari boshlanganidan to 2024-yil 23-sentyabrgacha to‘liq miqyosli urushga aylanguniga qadar, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 4000 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 17 mingga yaqin kishi jarohatlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62521 | Инструменты