Huawei 1
Toshkent supermarketlarida oziq-ovqat narxlari qanday o‘zgardi?

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Taʼkidlanishicha, monitoring natijalari 9 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatgan (tahlil 2025 yil 7 may va 12 iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshirilgan).

Shunday qilib, oqbosh karamning minimal narxi 64,2 foiz, pomidorniki 44,7 foiz, bodringniki 36,5 foiz, lavlaginiki 21,5 foiz, bananniki 13,0 foiz, olmaniki 8,4 foiz, guruchniki 7,3 foiz, mol go‘shtiniki (file) 6,3 foiz, kartoshkaniki 6,0 foiz pasaygan.

6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, limon narxida eng katta o‘sish qayd etilgan. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

6 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular — bug‘doy uni, grechka, makaron, tuxum, margarin, kungaboqar yog‘i.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61920 | Инструменты