Huawei 1
Toshkent viloyatida ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish uchun yana mablagʻ ajratildi

Zoyir Mirzayev tomonidan imzolagan tegishli farmoyishga koʻra, ehtiyojmand oilalalarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash uchun 1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Hujjatda keltirilishicha, viloyat byudjetining shu yil 1-chorak yakuni bilan shakillangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mazkur mablagʻlar, Yangiyoʻl shahar hamda tumandagi “Temir daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oila xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish uchun sarf etiladi. Hozirda jarayonlar qizgʻin davom etmoqda.

Shuni ham qayd etib oʻtish kerakki, joriy yil boshidan buyon, 500 ga yaqin xonadon uchun viloyat mahalliy byudjetidan 7 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91710 | Инструменты