Toshkent viloyati Angren shahrida 19 yoshli qiz molxonasida o'zini osib qo'ygan holda topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida 18 yosh qiz uyining molxonasida o‘zini osib qo‘ygani aytilgan xabar joylandi. Unda quyidagi gaplar yozilgan:

"Yaqin dugonamning qizi (18 yosh) 28-yanvar kuni hovlidagi molxonasida o‘zini osib qo‘ydi. Ma’lum bo‘lishicha, qizni Angren shahrining Milliy gvardiyasida xizmat qilayotgan yigit shantajlik yo‘li bilan qo‘rqitgan. Qiz uchrashuvga kelmasa allaqanday fotosuratlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Nahotki bu yigitga hech qanday chora ko‘rilmasa? Yana qancha qizlarning umriga zomin bo‘ladi? Bunday insonlarning qilmishlarini ochiq sud tartibida ko‘rilishi, qanday ota-ona tarbiya berganini hamma ko‘rishini istayman",-deydi ayol.

Qayd etilishicha, qiz og‘ir vazmin xarakterli bo'lgan. 

"Bechora qizgina mentalitetimizdagi “odamlar nima deydi” kabi gap-so‘zlardan qo‘rqqan! Natijada bir oilaning guldek qizi endi yo‘q!",-deyiladi postda.

Holat bo'yicha Uzreport.news'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Aytilishicha, shu yil 28-yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda  Angren shahar, “Beruniy” MFY, Beruniy ko‘chasi, 58-uyda yashagan qiz haqiqatan o'z joniga qasd qilgan.

2004-yilning 7-fevralida tug'ilgan bu qiz yashash uyining molxona to‘siniga oq rangli mato bilan o‘zini-o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Angern shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53121 | Инструменты