Germaniyaning “Askania Future GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonlik yoshlarga nemis tilini o‘qitish va ularni Germaniyada kasbiy ta’limga yo‘naltirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida viloyatda nemis tilini tizimli ravishda o‘qitish va viloyat yoshlarini Germaniyada kasbiy ta’limga jalb qilish bo‘yicha soha mutaxassislari, nemis tili o‘qituvchilari va viloyat yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad, yoshlarga nemis tilini o‘rgatib, ularni Germaniya davlatida ish bilan ta’minlashdir.
Tadbir davomida ushbu loyihani ommalashtirish, har bir tumanda, mahallalarda yoshlarni nemis tili kurslariga jalb qilish va respublikada “Toshkent viloyati tajribasini” qo‘llash bo‘yicha bildirilgan qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты