Huawei 1
Amirsoyda yangi dor yo‘li va Markaziy Osiyodagi eng baland tog'li restoran majmuasi ochildi

Bugun, 26 dekabr kuni Toshkent viloyatidagi «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida “Amirsoy Ekspress” yangi dor yo‘li rasman ishga tushirildi. Tantanali marosimni Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Gondola toifasiga kiruvchi mazkur dor yo‘li dunyo miqyosida mashhur ishlab chiqaruvchi - «Doppelmayr» kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Zamonaviy dizayn, innovatsion xavfsizlik komponentlari va eng yuqori sifatli po‘lat uskuna dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi. Salonlarning panoram oynalari yo‘lovchilar oldida o‘ziga xos aylanma ko‘rinish hosil qilib, ularga o‘zlarini tabiat bilan hamnafasdek his qilish imkonini beradi.

Ma'lum qilinishicha, “Amirsoy Ekspress” tashrif buyuruvchilarni avtomobil yo‘lidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurort hududiga yetkazib qo‘yadi, bu esa uzoq masofali tog‘ yo‘lini chetlab o‘tib, haydovchilar uchun 5 km. ga qisqartiradi. 

Dor yo‘li 10 kishilik sig‘imga ega 74 ta gondola (kabina) dan iborat. Uning umumiy uzunligi 2913 metr bo‘lib, soatiga 2400 kishini tashish quvvatiga ega. Sayohat vaqti 9 daqiqani tashkil etadi. 

Mazkur obyekt joriy yilning 1 mayidan 15 dekabrigacha bo‘lgan qisqa davrda qurib bitkazildi. Investitsiyalarning umumiy qiymati 15,2 mln. yevroni tashkil etgan.

Dor yo‘lining to‘siqsiz dizayni bolalar aravachalari, nogironlar aravachalari yoki sportning qishki turlari bilan shug‘ullanish uchun muqobil qishki sport jihozlarini tashishni osonlashtiradi. Mukammal Yechib olish texnologiyasi stansiyalarda yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz chiqish va tushirish  imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilar va “Amirsoy Express” yo‘lovchilariga qulaylik yaratish maqsadida bepul avtoturargoh tashkil etilgan.

Mamlakatning eng baland tog‘li hududida joylashgan “2290” restorani 2290 metr balandlikdagi tog‘li hududda joylashgan o‘ziga xos va ilk restoran majmuasi. 70 kishiga mo‘ljallangan “2290” restorani “À la carte”ga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va piyodalar uchun noyob atmosfera va taassurotga boy tog‘ manzaralaridan bahramand bo‘lish imkonini beruvchi «take it and go” formatidagi  terrassa va yo‘lovchilar uchun barni o‘z ichiga oladi. Majmua terrassasi go‘zal tabiatdan bahramand etuvchi panoram ko‘rinishga ega.

Eslatib o‘tamiz, Amirsoy tog‘ kurorti qisqa muddatda barpo etilgan. Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari ishtirokida 900 ga yaqin maydonda 2 yildan kamroq vaqt ichida chang‘ichilar va snoubordchilar uchun uzunligi 16 km bo‘lgan zamonaviy sunʼiy qor yasash tizimiga ega 10 ta trassa qurildi. Umumiy uzunligi 6 km dan ortiq bo‘lgan 3 ta dor yo‘li, ko‘p funksiyali markaz, restoran va barlar, shinam shalelar, hammom majmuasi va suzish havzasi, dor shaharchasi va barcha yoshdagi sayyohlar hamda oilaviy hordiq chiqarish uchun muz maydoni barpo etildi.

Dam olish maskani tomonidan, shuningdek, barcha yoshdagilar uchun faol ko‘ngilochar vositalar taklif etiladi. Ular orasida “Norway Park”dan arqon shaharchasi ham o‘rin olgan. Bu ham qiziqarli attraksion ham yaxlit sport maydonchasini tashkil etadi. Bu yuqoriga va pastga harakatlanish uchun o‘zaro bog‘langan bo‘limlar majmuasi, gorizontal harakatga ega, turli xil to‘siqlar bilan kesishgan. U turli xil murakkablikdagi 4 ta trassani o‘z ichiga oladi: bolalar, oilaviy, sport, murakkab.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21915 | Инструменты