Toshkent tumani "Sabzavot" mahallasi hududidagi davlat zaxirasidagi 5,31 gektar yer maydoni "Dendrologiya bogʻi" uchun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ("Green University")ga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratildi.
Ushbu ajratilgan yer maydonida "Dendrologiya bogʻi" barpo etish, daraxt ekish, parvarishlash, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda sugʻorish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82309 | Инструменты