Toshkent viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar moddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqdagi tegishli qaror viloyat hokimi tomonidan imzolangan.
Maʼlum qilinishicha, jami 56 nafar fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 480 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Bunda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 34 nafar fuqaroga 311 mln so‘m ajratiladi. Shuningdek, shahar va tumanlardan 22 nafar fuqaroga 169 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Qarorga ko‘ra, 28 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratilishi rad etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты