Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida harakatlanib ketayotgan avtomashinaning yukxonasida turli xil harakatlarni amalga oshirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan va jamoat tartibini buzgan, shuningdek, bu holatlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan fuqarolarga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
Shu kabi holat Toshkentda ham kuzatilgan. Toshkentda mashina salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangan shaxslar ushlangandi.
Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzgani, transport vositasi salonini sellofan paket bilan o‘rab, ichiga suv to‘ldirib harakatlangani aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71522 | Инструменты