Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “Nazir travel N1” MCHJ va "Bonu travel 000” MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi.
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.
"Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyoratchilarimizni "Umra" amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi", deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan “Umra” ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12319 | Инструменты