Huawei 2
Toshkent viloyatida "O‘zmetkombinat" ishchisi omborxonada o'zini osib qo'ydi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan “O‘zmetkombinat” AJ ishchisi o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news manbasiga xabar berdi. 

Aniqlanishicha, 17-aprel kuni soat 09:00 larda shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 53 yoshli K.SH. o‘z ish joyi “O‘zmetkombinat” AJga qarashli “Navli prokat bo‘limi”ning omborxonasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, ekspertizaning dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, K.SH.ning o‘limiga bo‘yin aʼzolari sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasining maʼlumotnomalariga asosan marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi aniqlangan. Hodisa joyidan ashyoviy dalil sifatida marhum o‘zini osishda foydalangan 1,5 metr bo‘lgan arqon olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga