"Nexia-3" vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda “Nexia-3” rusumli, 01454VSG davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasini davlat raqam belgisini yopib, harakatlanganligi aks etgan surat tarqaldi.
IIV YHXBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Nexia-3 rusumli, 01454VSG davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1995-yilda tug‘ilgan M.S.ga nisbatan MJtKning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70708 | Инструменты