Toshkent viloyatida sobiq dam olish oromgohi 15,6 mlrd so'm boshlang'ich narx bilan sotuvga qo'yildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatidagi sobiq dam olish maskanini sotuvga qoʻydi.
Inshoot Ohangaron tumani Yonariq mahallasida, Yangi-Angren IESdan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan. Asosiy uch qavatli bino va bir nechta yordamchi binolar majmuasi 9,2 gektar maydonda joylashgan.
Binolarning umumiy maydoni 1603 kvadrat metrni tashkil qiladi. Suv va elektr quvvati bor, lekin gaz va kanalizatsiya yo'q. Shuningdek, hududda sun'iy ko'l va futbol maydoni mavjud.
Lotning boshlang‘ich bahosi – 15,67 milliard so‘m. Tender savdolari 22-may kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalar shu sanada soat 9:00 gacha qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin “Chorvoq”dagi 8 ta yer maydoni auksionga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12705 | Инструменты