Huawei 1
Toshkent viloyatida Turkiya ishtirokida Ostim Global sanoat zonasi tashkil etildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Turkiya bilan hamkorlikda “Ostim Global” sanoat zonasi tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

28-noyabr kuni Toshkentda “Ostim” birlashgan sanoat zonasi raisi Orxan Aydin boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi doirasida o‘zbek-turk biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda yangi sanoat zonasining ochilishi o‘tkazildi.

“Ostim” sanoat zonasi hududi 100 gektarni, loyihaning umumiy qiymati $150 mlnni tashkil etadi. Hudud barcha muhandislik kommunikatsiyalari ega hamda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning bir qismini qoplash maqsadida quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda.

Klaster usulida tashkil etilgan zonada savdo markazi, poliklinika, maktab, mehmonxona, tadqiqot va sertifikatlash bo‘yicha ilmiy markaz (R&D) qurish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur kasblarga o‘rgatadigan kasb-hunar kolleji tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты