Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Dastlab Ohangaron shahrida Farg‘onadan kelayotgan shaxs boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, mashina salonida 48 dona “Tropikamid” va 84 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir Dang‘ara tumanida davom ettirilib, oldindan kuzatuvga olingan 2 nafar shaxs 190 dona “Tropikamid” dori vositasini sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Eslatib o‘tamiz, yakuniga yetayotgan yil davomida Toshkent viloyati bojxonachilari hamkorlikdagi tadbirlar davomida salkam 27 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты