Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan "D.K.L.", "B.O." va "N.G.O." MChJlarga qarashli 3 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты