Huawei 1
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladi.

Bu bo'yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi. Buning uchun viloyat mahalliy budjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 milliard 500 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты