“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Parkent tumani "Qoraqalpoq" MFYda joylashgan “N. O. P.” MChJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 16,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Bu kabi holat Bo‘stonliq tumani "Novobot" MFYdagi "S. P." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80203 | Инструменты