Toshkent viloyatidagi maktablardan birida “Open budjet”ga sim karta olish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani aytilmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Sim karta olish uchun o‘quvchilardan 10 ming so‘mdan pul yig‘ilmoqda", sarlavhasi bilan videolar tarqaldi

Unda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktab o‘quvchilari dars vaqtida sim karta uchun 10 ming so‘mdan pul olib kelish uchun uylariga jo‘natilgani aytilgan. Holatga viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu videolar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda.

"Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab boʻlmaydi",-deyiladi axborotda.

Ma'lum qilinishicha, vaziyat viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olinib, hozirda oʻrganish boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat boʻyicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31511 | Инструменты