Huawei 1
Toshkent viloyatidagi "metan zapravkada" haydovchilar mushtlashib ketdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "metan" gaz quyish shoxobchasida navbat talashib katta janjal bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat kecha 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70502 | Инструменты