Huawei 1
Toshkent viloyatidagi shisha va qog'ozni qayta ishlash korxonalari tabiiy gazdan ajratilgan bo'lsada, “Hududgaz Poytaxt” ularga noqonuniy gaz yetkazib bergani aniqlandi

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlarining tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 

Xususan:

- Bektemir tumanida joylashgan “Jasmin Aleks” MCHJga qarashli qog‘ozni qayta ishlash korxonasi va “Supper Xaus Ruf” MCHJga qarashli shifer ishlab chiqarish korxonasi;

-  Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan “BEAUTY GLASS DECOR” MCHJga qarashli shishani qayta ishlash korxonalari tekshirildi.

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu korxonalar kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan ajratilishi belgilangan bo‘lsada, biroq, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali tomonidan shu kungacha tabiiy gaz yetkazib berib kelgan.

Korxonalar kuniga 31 000 metr kub tabiiy gazdan foydalanib kelgan. Bu esa, o‘rtacha 1 550 ta xonadonning bir kunlik isteʼmolini tashkil qiladi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga topshirildi.

Hududlar bo‘ylab nazrat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Olmaliqdagi g‘isht zavodi katta hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111621 | Инструменты