Huawei 1
Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgartiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini o‘zgartish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarining o‘zgartirilishi bilan :

- Bo‘ka tumanidan 8,2 gektar Oqqo‘rg‘on tumani tarkibiga;

- Angren shahridan 143,6 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga;

- Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga;

- Angren shahridan 1094,0 gektar, Bo‘stonliq tumanidan 312,2 gektar yer maydoni Parkent tumaniga;

- Parkent tumanidan 493,3 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumaniga;

- Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga;

- Bo‘stonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga;

- Zangiota tumanidan 8,9 gektar yer maydoni Yangiyo‘l tumaniga;

- Yangiyo‘l tumanidan 286,9 gektar yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar yer maydoni Yangiyo‘l shahri tarkibiga;

- Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Shuningdek quyidalar ham:

- Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumani tarkibiga, 1584,0 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga;

- Piskent tumanidan 286,75 gektar yer maydoni Bo‘ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga;

- Olmaliq shahridan 102,5 gektar yer maydoni Piskent tumaniga;

- Ohangaron tumanidan 23,1 gektar yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Majlisda xalq vakillari kun tartibidagi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorini qabul qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты