Unda "Premium" tarifidagi mashinani chaqirishni o'zi 340 ming so'm, keyin yurgan har 1 km uchun 34 ming so'mdan to'lanadi
Kecha, 12-sentabr kuni Toshkent aeroporti hududida auksion orqali g'olib deb topilgan taksi xizmati birinchi ish kunini boshladi.
“Taxi Airport Tashkent” stikerlari tushirilgan katta va keng yukxonaga ega yangi benzinli avtomobillar uchib kelish zali chiqishida turadi.
Taksi xizmatidan foydalanish tartibi:
Yo‘lovchilar uchib kelish zalida o‘rnatilgan peshtaxta oldiga kelib, manzilini aytadi. Menejer tarif bo'yicha kilometrni hisoblab chiqadi va to'lash uchun summani aytadi. Agar narx yo‘lovchiga to'g'ri kelsa, u to'lovni naqd yoki bank kartasi orqali amalga oshiradi, shuningdek, manzili va to‘langan summasi ko‘rsatilgan kvitansiya bilan terminaldan chiqib, birinchi turgan taksiga o‘tiradi.
Shu bilan birga yo'lovchi to'g'ridan-to'g'ri peshtaxtani chetlab o'tgan holda birinchi turgan mashinaga o'tirib, taksi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Quyida ushbu taksi narxlari berilgan:
Qayd etilishicha, terminal oldiga kirish faqat "Taxi Airport Tashkent" xizmati uchun mumkin bo'ladi. Boshqa barcha taksilar, shu jumladan agregatorlar (Yandex, MyTaxi va boshqalar) orqali ishlaydigan taksilar avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
Yo'lovchi o'z haydovchisini tezda topishi uchun uzoqdan ko'rinadigan katta belgi o'rnatiladi, bu taksi va yo'lovchining uchrashadigan joyi ekanligini ko'rsatadi.
Aeroportda xizmat korsatish uchun kompaniya “Komfort”, “Biznes”, “Lyuks” va “Premium” tariflarini joriy qildi.
Mijozlarni birinchi qatorda “Komfort” tarifidagi avtomobillar kutadi. Boshqa tariflardagi avtomobillar ikkinchi qatorda turadi yoki yo'lovchining iltimosiga binoan xizmat ko'rsatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты