Huawei 1
Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion boʻlgan birinchi ayol bokschimiz boʻldi

Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetib bormoqda. Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Navbahor Hamidova gʻalaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylanmoqda.

Hamyurtimiz finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu gʻalaba bilan Hamidova avvalgi 2 magʻlubiyat uchun munosib revansh olishga erishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Oltin medal:

-65 kg: Navbahor Hamidova

Bronza medal:

-54 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Sohiba Roʻzmetova
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70715 | Инструменты