Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prikda qurilish ishlari 2024-yilning oxirida yakunlanishi rejalashtirilgan

Bugungi kunda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prikda qurilish ishlari ketmoqda

Qayd etilishicha, loyihaning birinchi bosqichi 2023-yilning noyabrida, ikkinchi bosqichi esa 2024-yilning oxirida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Rekonstruksiya jarayonida Sodiq Tolipov ko'chasiga tushish va undan chiqish imkoniyati yaratilmoqda.

Asosiy yo'l o'tkazgichning uzunligi 483,5 metr va kengligini 46,2 metrni tashkil etadi.

Yo'l o'tkazgichda piyodalar uchun 1,5 metr kenglikda velosipedchilar uchun 1,2 metr kenglikda yo'laklar tashkil qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51103 | Инструменты