Toshkentdagi 150 dan ortiq fasad qismida tarixiy-badiiy ahamiyatga ega mozaikalar bo‘lgan uylarni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismidagi mozaikalar bo‘yalayotganligi haqidagi eʼtirozli fikrlar tarqaldi.
Holat bo'yicha Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mutaxassislari tomonidan respublikadagi mahobatli bezak san’atining na’munalarini saqlab qolish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma'lum bo'lishicha, poytaxt bo‘ylab o‘rganish ishlari natijasida 150 dan ziyod binolarning fasad qismida tarixiy-badiiy ahamiyatga ega mozaikalar aniqlangan va hozirda ularni davlat himoyasiga olish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashiga Toshkent shahridagi ko‘p qavatli binolardagi mahobatli san’at asarlarini madaniy meros obyektlari sifatida belgilash uchun loyihalar kiritilgan bo‘lib, olimlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazaikalar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgach, Ilmiy-ekspert kengashi xulosasiga asosan san’at asarlariga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110721 | Инструменты